Qoraqalpog‘istonda regbining rivojlanishi

Qoraqalpog‘istonda regbining rivojlanishi

Qoraqalpog‘istonda regbining rivojlanishi

Bugun, 2025-yil 4-aprel kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Erkinbay Qutiboyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari va O‘zbekiston regbi federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari Sag‘indiq Turmanov hamda regbi bo‘yicha murabbiy va murabbiylar ishtirok etdi.

Muhokamaning asosiy mavzusi respublikamizda regbini yanada rivojlantirish bo‘ldi. Sportni ommalashtirish, boshqa yo‘nalishlarda regbi seksiyalarini ochish, yoshlarni regbiga faol jalb etishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv Qoraqalpog‘istonning sport salohiyatini mustahkamlash, yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.