Sandakandagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘in

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 25-martdagi 01/466-A/F-son buyrug‘iga asosan 4 aprel kuni regbi-7 bo‘yicha O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari 19 aprelga qadar davom etadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish uchun Sandakan (Malayziya) shahriga jo‘nab ketishadi.
Yig‘in yakunlangach, terma jamoalar 19-20 aprel kunlari har yili o‘tkaziladigan “Borneo7s” xalqaro turnirida ishtirok etishadi.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan ko‘zlangan asosiy maqsad – sportchilarning nufuzli xalqaro turnirda munosib ishtirok etishini ta’minlaydigan jamoalarning taktik, texnik va kompleks tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Sportchilarimizga omad va “Borneo7s”dagi muvaffaqiyatli chiqishlarini tilab qolamiz!
O‘zbekiston terma jamoalari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inda ishtirok etadi va “Borneo7s”da quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar terma jamoasi:
- Mahmud Qalandarov – Xorazm viloyati
- Sunnat Muxametdinov – Toshkent
- Murodjon Machonov – Xorazm viloyati
- Asadbek Ollanazarov – Xorazm viloyati
- Ruslan Ibragimov – Toshkent viloyati
- Olimjon To‘laganov – Toshkent viloyati
- Ilya Sokolov – Toshkent viloyati
- Behzod Imomov – Toshkent viloyati
- Sergey Sokolov – Toshkent viloyati
- Abdulaziz Nuraliev – Toshkent
- Saidahmad Nig’monov – Toshkent
- Sobirjon Xoliqulov – Navoiy viloyati
- Azizxon Nurillaev – Toshkent
Ayollar terma jamoasi:
- Oyshajon Urazmetova – Xorazm viloyati
- Barno Utepbaeva – Qoraqalpog’iston
- Gulshanbonu Mansurova – Navoiy viloyati
- Ainura Abzieva – Qoraqalpog’iston
- Nargiza Jumabayeva – Qoraqalpog’iston
- Munozat Qurbonboeva – Xorazm viloyati
- Nurjamal Nauryzboeva – Qoraqalpog’iston
- Nafosat Odilova – Xorazm viloyati
- Gulrux Ro’zmatova – Xorazm viloyati
- Xonzoda Obidjonova – Andijon viloyati
- Maftuna Rahimova – Navoiy viloyati
- Jumagul Parpieva – Toshkent viloyati
- Sholpan Allambergenova – Qoraqalpog’iston
Murabbiylar shtabi:
- Asad Gulyamov – murabbiy
- Danil Kulikov – murabbiy
- Yuliya Ignatenko – murabbiy
- Viktoriya Popkova – sport massaji terapevti
