Regbichilarimiz xalqaro turnir oldidan oʻquv yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda

Regbichilarimiz xalqaro turnir oldidan oʻquv yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10-15-sentyabr kunlari Rossiyaning Ufa shahrida regbi boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi.

Butun dunyo boʻylab uzoq davom etgan pandemiya davridan soʻng ilk marta tashkil etilayotgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etishadi.

Ayni paytda sportchilarimiz xalqaro musobaqada munosib qatnashish maqsadida Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” oʻquv-mashgʻulot bazasida soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazmoqda.

Yigʻin davomida regbichilarimiz sport formalarini tiklash va jamoaviy oʻyinni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʻquv yigʻin mashgʻulotlari 9-sentyabrga qadar davom etadi va terma jamoamiz aʼzolari Ufa shahriga yoʻl olishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan