Regbi-15 bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ochiq kubogi

Regbi-15 bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ochiq kubogi

Regbi-15 bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ochiq kubogi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 29 oktabrdagi PQ-4500-sonli «O’zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosi yuzasidan 27-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkent va Chirchiq shaharlarida regbi-15 bo’yicha O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining ochiq kubogi musobaqasi bo’lib o’tadi. Ushbu musobaqada MHSK (Toshkent) va Сhirchik oliy tank qo’mondon-muhandislik bilim yurti (Chirchiq), Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya kabi respublikaning kuch tuzilmalarining erkaklar jamoalari ishtirok etadilar.

2020 yil 27 noyabr kuni soat 10: 00da MHSK sport stadionida (Toshkent) O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining regbi-15 kubogining ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Shunday qilib, regbi sport tadbirlarini qayta tiklash davom etmoqda, va bu yosh avlodga sog’lom turmush tarziga qaytisga kata undov undadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan