Yaponiyada Tokio Olimpiadasi taqdirini AQSh prezidenti Jo Bayden hal qiladi deb ishonishmoqda

Yaponiyada Tokio Olimpiadasi taqdirini AQSh prezidenti Jo Bayden hal qiladi deb ishonishmoqda

Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo’mitasi ijroiya qo’mitasi a’zosi Xaruyuki Takaxashining ta’kidlashicha, o’yinlarning o’tkazilishi AQShga bog’liq.
Unga ko’ra, AQShning yangi prezidenti Jo Bayden, pandemiyaning og’ir oqibatlariga duch kelgan bo’lsada, Olimpiada haqida bayonot berishi mumkin, bu esa uni tashkil etilishiga turtki berishi kutilmoqda.
“Bu AQShga bog’liq. Menga buni aytish og’ir, lekin Tomas Bax ham, XOQ ham Olimpiada to’g’risida qaror qabul qilishga qodir emas. Ularda bunday darajadagi etakchilik yo’q », – deya Takahashining so’zlarini 27 yanvar kuni Wall Street Journal gazetasi keltirgan.
Eslatib o’tamiz, shu kunlarda Yaponiya pandemiya sababli 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgan Olimpiadadan voz kechishi kerakligi haqida gap ketmoqda. Mamlakat allaqachon musobaqalarni cheklangan yoki tomoshabinlarsiz o’tkazish variantlarini ko’rib chiqmoqda.
Yaponiya hukumati va tashkiliy qo’mitasi Olimpiadani belgilangan muddatlarda o’tkazish niyatida ekanliklarini bildirmoqdalar.
Manba: sport-express.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan