Igor Artemyev: «Qor regbisi sport turining 2026-yildagi Olimpiya o’yinlariga kiritilish ehtimoli katta»

Igor Artemyev: «Qor regbisi sport turining 2026-yildagi Olimpiya o’yinlariga kiritilish ehtimoli katta»

Rossiya regbi Federatsiyasi (RRF) Oliy Kengashi raisi Igor Artemyev qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga qor regbisini kiritish istiqbollari haqida so’zladi.
– Tabiiy sabablarga ko’ra qor regbisi bilan o’ynashni boshladik. Bizda regbi maydonlari yo’q va qor juda ko’pr. Bir necha yil oldin biz ushbu sport turini nizomga kiritish zarurligi to’g’risida o’ylay boshladik. Avval biz, keyin boshqa shimoliy mamlakatlar bu haqida gapira boshladi. Keyin jahon regbi Federatsiyasi chempionat o’tkazilishi va uning qoidalari to’g’risida qaror qabul qildi. Birinchi Yevropa chempionati o’tgan yili bo’lib o’tdi. Rossiyalik qizlar va o’g’il bolalar oltin medallarni qo’lga kiritishdi. Bu Yevropa chempionatining rasmiy oltinidir. Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrikada hech kim qorda regbi o’ynamaydi, chunki u yerda qor yo’q.
Qor regbisining Olimpiya o’yinlariga kiritilishining muhim istiqboli mavjud. U yerda bizda ko’p raqobatchilar bo’lmaydi. 2026 yilda Olimpiada Italiyada bo’lib o’tadi. Qishki O’yinlarda faqat bitta qishki sport turi mavjud – muzda xokkey, garchi kyorling haqida ham esdan chiqarish kerak emas. U yerga qor regbisini ham kiritsih lozimdir. Chunki, u juda qiziq jamoaviy sport turi. Qolgan hammasi individual sport turlari hisoblanadi.
Tashkilotchilar qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga qor regbisini kiritish imkoniyatini ko’rib chiqmoqdalar. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, bizda dunyoning eng kuchli uchtaligiga kirsh imkoniyati katta bo’ladi. Asosiy raqobatchilar – bu olimpiya mamlakatlari va shimoliy mamlakatlar, ammo hozircha biz ularni mag’lub etmoqdamiz, – dedi Artemyev «Все на Матч!» dasturi efirida.
Manba: news.sportbox.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan