Mustaqillik yillaridagi g’alabalarimiz haqida hujjatli film suratga olish rejalashtirilgan

Mustaqillik yillaridagi g’alabalarimiz haqida hujjatli film suratga olish rejalashtirilgan

Bu yil Mustaqilligimizning 30 yilligi butun O’zbekiston bo’ylab keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy Olimpiya Qo’mitasi ushbu davrda sport yutuqlarimiz haqida hujjatli film suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida har ikkala tashkilot rahbariyati bilan bo’lgan onlayn uchrashuvda aytib o’tildi.

Ushbu yig’ilishda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi Raisi Rustam Shaabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o’rinbosari Ravshan Ermatov va vazir o’rinbosari Nodir Murotov, Milliy Olimpiya Qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, shuningdek, Vazirlik va Qo’mita bo’limlari rahbarlari ishtirok etishdilar.

«Bu yil bizning oldimizda muhim vazifalar turibdi. Mustaqilligimizning 30 yilligi sharafiga o’zbek sportchilar erishgan yutuqlar haqida film suratga olishni taklif qilaman. Filmning asosiy qahramonlaridan biri Ravshan Ermatovning o’zi bo’ladi », – dedi Milliy Olimpiya qo’mitasi raisi.

Uchrashuv davomida 5-7 mart kunlari bo’lib o’tadigan Toshkent «Katta dubulg’asi», «Navro’z» xalqaro marafoniga fikirlar bildirildi unga asoslanib Murodjon Axmadaliyev tashkil etayotgan jangga puxta tayyorgarlik ko’rishi, u yerda chempionlik kamarlarini himoya qilishi va ushbu yirik tadbirlar doirasida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida xalqaro tashkilotlar rahbariyatini taklif qilinishi uchun fikrlar almashildi. 

Manbaa: olympic.uz 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan