Sirdaryoda GIR-festival

Sirdaryoda GIR-festival

Sirdaryo viloyatida regbi sportini ommalashtirish va sport maktablari murabbiylari va o’qituvchilarini regbi bilan tanishtirish uchun 2021 yil 22 may kuni Guliston shahrida viloyatning 11 mintaqasi jamoalari ishtirokida GIR-festival tashkil etildi. Ishtirok etuvchi o’qituvchilar endi o’z tumanlarida regbi sportini ommalashtirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Festivalda umumiy, 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi, shu jumladan 12 erkaklar guruhi va 2 ayollar guruhlari. Ishtirokchilarning yoshi esa 24 yoshdan 35 yoshgacha.

Festival dasturi boshida barcha jamoalar uchun umumiy sport ko’rinishlari va undan so’ng esa, Toshkent shahridagi regbi-7 jamoalarining namoyishlari tashkil etildi. So’ng ishtirokchi jamoalar o’rtasida musobaqalar tashkil etildi. Jami 22 regbi-7 o’yinlari soddalashtirilgan qoidalar asosida o’tkazildi.
Festival Sirdaryo viloyati sport rahbarlari tomonidan ishtirokchilarni tabriklash va rag’batlantiruvchi sovg’alarni topshirish bilan yakunlandi.