Koronavirus infeksiyasi sababli Yaponiya hukumati Tokioda 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimini joriy etmoqda.
Yaponiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tomoshabinlarni kiritmaslikka qaror qildi.
«Biz Tokiodagi maydonlarda tomoshabinlar bo‘lmasligi borasida kelishuvga erishdik», — dedi olimpiada ishlari bo‘yicha vazir Tamayo Marukava.
Olimpiada o‘yinlarining aksariyat musobaqalari Tokioda o‘tkaziladi, ammo ayrim tadbirlar boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tadi. Marukavaning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotchilar mahalliy hokimiyatlar bilan kelishgan holda tomoshabinlar bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Koronavirus infeksiyasi sababli Yaponiya hukumati Tokioda 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimini joriy etmoqda.
Olimpiada o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Avvalroq musobaqalarga mahalliy tomoshabinlar kiritilishi taxmin qilingandi.
Manba : kun.uz