O’zbekiston regbi jamoasi Qozog’istondagi turnirda

O’zbekiston regbi jamoasi Qozog’istondagi turnirda

Regbi erkaklar terma jamoasi-7 Turizm va sport vazirligining buyrug’iga ko’ra 10 dan 17 iyul 2021 yil Taldirqorg’on (Qozog’iston) shahrida bo’lib  o’tadigan  xalqaro regbi turnirida ishtirok etadi.

Delegatsiya tarkibi: Bosh murabbiy – Danil Kulikov, delegatsiya rahbari, hakam Asad G’ulomov, jamoa shifokori – Shohrux Ro’zmatov, sportchilar (asosiy tarkib) : Sergey Sokolov, Jahongir Abdukodirov, Ilya Sokolov, Vladimir Pavlenko, Artur Glukhovkin, olim To’laganov, G’iyosiddin Pateev, Islomxon Saidxonov, Bilol Mahmudov, Aziz Xisamov, Sunnat Muxametdinov, Sharif Ismailov.

Turnirning borishi haqidagi dolzarb ma’lumotlar sport va turizm vazirligi hamda O’zbekiston Regbi federatsiyasi saytida e’lon qilinadi