Ayollar Jahon Kubogining yo’qolgan sovrini  15 yildan keyin topildi

Ayollar Jahon Kubogining yo’qolgan sovrini 15 yildan keyin topildi

Turnirning bosh sovrini Britaniya regbi muzeyi xodimlaridan birining uyi chodiridagi qutida yotardi.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jill Berns kubok topilishi haqidagi tafsilotlarni aytib berdi: “Kubokni qo’lga kiritganimizdan so’ng, u muzeyga qo’yildi, keyin biz u bilan safarga chiqdik.

Va bir muncha vaqt o’tgach, biz uning qaerdaligini bilmasligimizni angladik. Va bir necha hafta oldin, muzey ma’murlaridan biri ota-onasining uyining chodirini tozalab, eski qog’ozlar va plakatlar orasidan bu kubok solingan qutini topdi.

Shunday qilib, britaniyalik ayollar 1994 yilgi jahon chempionatida qo’lga kiritilgan kubokni qaytarib olishdi.

Manba: rugger.info