O’zbekistonda talabalar ligasi musobaqalari yakunlandi

O’zbekistonda talabalar ligasi musobaqalari yakunlandi

O’zbekistonda birinchi marta 4-7 noyabr kunlari O’zbekiston oliy o’quv yurtlarining erkak va ayol jamoalari o’rtasida regbi-7 bo’yicha talabalar ligasi bo’lib o’tdi.

Musobaqalar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti sport majmuasi stadionida bo’lib o’tdi

Ayollar jamoalari orasida sovrinli o’rinlar qo’lga kiritdi:

1.  Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

2.  O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

3.  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Erkaklar jamoalari orasida sovrinli o’rinlar qo’lga kiritdi:

1. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

2. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti

3. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

G’olib jamoalar qimmatbaho esdalik sovg’alari va diplomlar bilan taqdirlandi.