O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab regbi-7 sport turi bo‘yicha  2004-2007va 2007-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar  o‘rtasida Yangiyo‘l shahar BO’SM ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab regbi-7 sport turi bo‘yicha 2004-2007va 2007-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Yangiyo‘l shahar BO’SM ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-26 noyabr kunlari Yangiyo‘l shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab regbi-7 bo‘yicha 2004-2007 va 2007-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ochiq birinchilik bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 6 ta jamoa ishtirok etib, ularning vakillari o’zlarining eng yaxshi jismoniy va ruhiy fazilatlarini, shuningdek, jamoa ruhini namoyish etishdi.

Ochiq birinchiligi yakunlariga ko’ra, sovrinli o’rinlarni quyidagi jamolar g’oliblikni qo’lga kiritishdi:

2004-2007 yillarda tug’ilgan jamoalar o’rtasida:

1. “Spartak-1” (Toshkent viloyati, Yangiyo‘l)

2. “Spartak-2” (Toshkent viloyati Yangiyo‘l)

3. Bars (Toshkent)

2007-2009 yillarda tug’ilgan jamoalar o’rtasida:

1. “BARS” (Toshkent)

2. “Spartak” (Toshkent viloyati, Yangiyo‘l)

3. “Semya” (Toshkent)

Muallif:

O‘zbekiston Respublikasi

Regbi Federatsiyasining

Matbuot kotibi                                                         

M. Abdumalikova