«Uzbekistan Sport Awards-2021» taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

«Uzbekistan Sport Awards-2021» taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Toshkent shahrida joylashagan «Hilton» mehmonxonasida «Uzbekistan Sport Awards-2021» Milliy mukofoti g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

«Uzbekistan Sport Awards-2021» taqdirlash marosimida jami 32 nominasiyada g’oliblar aniqlanadi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi R.Shoabdurahmonov va bir qator sportimiz mutasaddilari, shuningdek, sportchilar, murabbiylar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu taqdirlash marosimida Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov ham nominasiya bilan takdirlandi.

Muxlislar o’rtasidagi so’rov natijalariga ko’ra, «yilning eng yaxshi sportchisi» – boks bo’yicha Olimpiya o’yinlari chempioni Bahodir Jalolov.

Respublika komissiyasi xulosasiga ko’ra, «yilning eng yaxshi sportchisi» O’zbekiston Milliy kubogi g’olibi – og’ir atletika bo’yicha Olimpiya o’yinlari va jahon chempioni Akbar Jo’raev.

«Yil kashfiyoti» – Ulug’bek Rashitov.

«Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo’shgan hissasi uchun» – Otabek Umarov.

«Yilning eng intiluvchan federasiyasi» – O’zbekiston o’q otish federasiyasi.

«Yilning eng yaxshi sport federasiyasi»- O’zbekiston kamondan otish federasiyasi.

«Yilning eng halol hakami «- Ramziddin Saidov.

«Yilning eng saxiy sport homiysi» sifatida «Qizilqumtsement» aktsiyadorlik jamiyati, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksidorlik jamiyati, «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyati va Orient Finans bank – xususiy aktsiyadorlik tijorat banki e’tirof etildi.

«Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi» – para engil atletika bo’yicha Tokio-2020 Paralimpiya o’yinlari g’olibi Asila Mirzayorova.

«Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi» – para engil atletika bo’yicha Tokio-2020 Paralimpiya o’yinlari g’olibi Boburjon Omonov.

«Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi» – para engil atletika bo’yicha murabbiy Sardor Abduxalikov.

«Yilning eng matonatli ayol sportchisi» – para engil atletika bo’yicha Tokio-2020 Paralimpiya o’yinlari g’olibi Nurxon Kurbonova.

«Yilning eng matonatli erkak sportchisi» – para engil atletika bo’yicha Tokio-2020 Paralimpiya o’yinlari g’olibi Elbek Sultonov.

«Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi» – Zafar Qahramonov (MMA).

«Yilning eng yaxshi yosh sportchisi» – erkin kurash bo’yicha o’smirlar o’rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov.

“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” – boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Nigina O’ktamova.

«Yilning eng yaxshi murabbiyi» – Tokio-2020 Olimpiya o’yinlari chempioni Ulug’bek Rashitovning murabbiyi Xan Pavel.

«Yilning eng faol sport maktabi» – Buxoro tumani bolalar-o’smirlar sport maktabi.

«Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi» – og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi.

«Yilning eng faol sport blogeri»- Hilola Isoqova.

«Yilning eng yaxshi hududiy turizm va sport bosh boshqarmasi» sifatida ommaviy sportni rivojlantirishdagi faolligi uchun Farg’ona viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi e’tirof etildi.

«Yilning eng yaxshi sport shifokori» – Dilshodbek Mahmudov.

«Yilning eng yaxshi sport sayti»- Sports.uz.

Yilning eng faol muxlisi – Abdurahmon Fazilov.

«Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi» sifatida O’zbekiston aralash jang san’atlari assosiasiyasi e’tirof etildi.

Йилнинг энг фаол матбуот хизмати – UFA.

«Yilning eng faol sport foto muxbiri» – O’zbekiston Milliy axborot agentligi va «Olampsort.com» sayti foto muxbiri Almurat Mamadaminov.

«Yilning eng faol sport jurnalisti» – shafoat Tolibjonova.

«Yilning eng faol ommaviy sport targ’ibotchisi» sifatida Mudofaa vazirligi sport markazi e’tirof etildi.

«Sport sohasidagi ko’p yillik xizmati uchun» O’zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Baxodir Maxsitov taqdirlandi.

Yurtimizda mana shunday yaxshi tadbirlar va xursandchiliklar kupayaversin.

Manba: olamsport.com