O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 15-avgustdagi 724-A/F-son buyrug’iga asosan Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo’yicha mintaqaviy o’quv markazlarida qabul imtihonlari o’tkazildi.
2022/2023 o’quv yili uchun Urganch, Samarqand va Guliston shaharlarida faoliyat yurituvchi markazlarda regbi bo’limi kvotalari tasdiqlandi.
Regbi bo’limlari uchun imtihonlarning shaffof va adolatli o’tkazilishini ta’minlash uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratildi.
Kirish imtihonlari viloyat Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejlarining malakali mutaxassislari, murabbiylar va viloyat regbi federatsiyalari vakillari ishtirokida o’tkazildi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova