JICA vakillari bilan uchrashuv

JICA vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston Regbi federatsiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi)ning O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda JICA tomonidan ko’ngillilar dasturi koordinatorlari Nakayama Mayu, Odilxon Hasanov va Yaponiyadan kelgan ko’ngilli murabbiy janob Moriya Rio, O’zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Kahramon Jalilov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yaponiyadan kelgan ko’ngillilarning tashkiliy masalalari va ish rejasi muhokama qilindi Mariya Rio ko’ngilli murabbiyning sifatiga jalb qilingan va ikki yil davomida O’zbekiston regbi Federatsiyasida ishlaydi.

Uchrashuvda Yaponiyadan kelgan ko’ngilli murabbiyning  tashkiliy masalalari va ish rejasi muhokama qilindi. Mariya Rio ko’ngilli murabbiy sifatida jalb qilingan va ikki yil davomida O’zbekiston regbi Federatsiyasida ishlaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu JICA bilan hamkorlikda jalb qilingan Yaponiyadan kelgan uchinchi ko’ngilli murabbiy bo’ladi. Bungacha yaponiyalik mutaxassislar Yu Hakuba va Yamamoto Tadaaki O’zbekistonga jalb qilingan edi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova