O’quv-mashg’ulot yig’inlari o’tkazilmoqda

O’quv-mashg’ulot yig’inlari o’tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Angren shahridagi “Yangiobod” respublika o‘quv-mashg‘ulot bazasida regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarining o’quv-mashg’ulot yig‘inlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari joriy yilning mart oyida Dubayda (BAA) o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Asia Regby Sevens Trophy 2022» turniriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlar rejasiga ko‘ra, o’quv-mashg’ulot yig’inlari davomida federatsiya murabbiylar shtabi tomonidan sportchilarning umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olinib, mashg‘ulot jarayoni texnik-taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.

Eslatib o’tamiz, o’quv-mashg’ulot yig’inlari 8-yanvarda boshlangan va 29-yanvarga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Regbi federatsiyasi matbuot kotibi

M. Abdumalikova