«Zoom» platformasida Osiyo Regbi musobaqalar menejeri bilan onlayn uchrashuv

«Zoom» platformasida Osiyo Regbi musobaqalar menejeri bilan onlayn uchrashuv

Joriy yilning 17 yanvar kuni «Asia Rugby» musobaqasi menejeri tomonidan tashkil etilgan «Zoom» platformasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu onlayn uchrashuvda O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Hindiston, Nepal va Bangladesh 6-ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.

Onlayn uchrashuvda Regbi-15 bo’yicha 3-divizionning joriy yil 21-25 iyun kunlari Bishkek shahrida (Qirg’iziston) o’tkazilishi rejalashtirilgan va dastlabki sanalari belgilandi.

Mazkur onlayn uchrashuvda O’zbekiston regbi Federatsiyasi nomidan Federatsiya bosh kotibi Q. Jalilov ishtirok etdi.

Regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova