Farg’ona viloyati regbi Federasiyasi tomonidan «Gir Festival» o’tkazildi

Farg’ona viloyati regbi Federasiyasi tomonidan «Gir Festival» o’tkazildi

Joriy yilning 10 mart kuni tasdiqlangan rejaga asosan hamda «Regbi haftaligi» doirasida Farg’ona viloyatining Farg’ona tumani 26-sonli umumta’lim maktabida Farg’ona viloyati sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi rahbariyati va regbi bo’limi murabbiylari tomonidan regbi sport turini yanada ommalashtirish, ushbu sport turiga umumta’lim maktablari va mahalla yoshlarini keng jalb etish maqsadida «Gir Festival» tadbiri hamda regbiy bo’yicha mahorat-saboqlari tashkilashtirildi.

Tadbirda yoshlarga regbi sport turi va uning tarixi, shuningdek, O’zbekistonda regbi sportini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mazkur sport turi bo’yicha sportchilarning mashg’ulotlari, musobaqalari va yutuqlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirga 100 dan ortiq yoshlar jalb qilinib, shulardan 40 nafarini qizlar tashkil etildi.

O’zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova