Xorijlik mutaxassislarni O‘zbekistonga ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi

Xorijlik mutaxassislarni O‘zbekistonga ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi

15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligida O‘zbekistonga xorijlik murabbiylarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov olib bordi.

Yig‘ilishda vazir maslahatchisi Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, MOQ raisi o‘rinbosari, shuningdek, olimpiya sport turlari federatsiya va assosiasiyalari mutasaddilari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda mamlakatimizda olimpiya sport turlari bo‘yicha 14 nafar xorijlik mutaxassis ishlagan. Yig‘ilishda O‘zbekiston milliy terma jamoalari bilan ishlashga xorijlik mutaxassislarni yanada jalb etish zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari komissiya aʼzolariga 2022-yilda ishga qabul qilinishi rejalashtirilgan xorijiy mutaxassislarga nomzodlarni taqdim etdi.

Taklif etilgan barcha nomzodlar ko‘rib chiqilib, o‘tgan yili mamlakatimizda ishlagan barcha mutaxassislar bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilindi. Shuningdek, 2022-yilda ishga yana 17 nafar yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilishi tasdiqlandi.

Manba:minsport.uz

Het is verkrijgbaar in merk- en generieke vorm. U kunt het online en in apotheken kopen Bimatoprost.