O’zingiz haqizda bir oz aytib bering.
Men Toshkent shahrida tug’ilganman.
Regbiga qanday kirgansiz?
Kollejdagi sinfdoshim menga regbi sport turi haqida gapirib berdi, men unga qiziqib qoldim va mashg’ulotlar qayerda o’tkazilishini bilib bordim. Shu tariqa regbiga kirim.
Necha yoshda edingiz?
Men 15-16 yoshda edim.
Regbida sizga ko’proq nima yoqadi?
Regbida menga ahillik va bir-biriga bo’lgan hurmat, shuningdek, jamoadagi do’stona jamoa yoqdi.
Birinchi murabbiyingiz kim edi?
Mening regbi bo’yicha birinchi murabbiylarim Kulikov D.A. va Qosimbarov T.A. edi.
Sizning oilangizda sizdan tashqari kimdur regbi bilan shug’ullanadimi?
Mening oilamda hech kim regbi bilan shug’ullanmaydi, oilada bir kishi yetarli.
O’zingiz ham qancha vaqtdan beri murabbiysiz?
2016 yildan beri murabbiyman.
Siz qizlarni yoki o’g’il bolalarni shug’ullantirasiz?
Murabbiylik faoliyatining boshida o‘g‘il bolalar va qizlarni shug’ullantirgandim. Endi ko’proq o’smirlar bilan ishlashga e’tibor qaratmoqdaman.
Ularning yoshi qanday?
18 yoshgacha bo’lgan sportchilar.
Ishda qanday qiyinchiliklar paydo bo’ladi?
Ishda qiyinchiliklar ko‘p, ayni paytda moddiy-texnika bazasi muammosi, kuz-qish mavsumida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun doimiy sport zalining yo‘qligi.
Regbi hayotda sizga qanday yordam beradi?
Hayotda regbi menga turli mamlakatlardan turli odamlar bilan tanishish imkonini beradi va bu esa juda ko’p ijobiy his-tuyg’ularni olib keladi.
Kelajak uchun qanday rejalaringiz bor?
Joriy yilning dekabr oyida Shantau (Xitoy) shahrida bo‘lib o‘tadigan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘ryapmiz.
Intervyu uchun katta rahmat.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi