«Navro’z» umumxalq bayramiga bag’ishlab regbi-7 bo’yicha viloyat chempionati musobaqalari o’tkazildi

«Navro’z» umumxalq bayramiga bag’ishlab regbi-7 bo’yicha viloyat chempionati musobaqalari o’tkazildi

Joriy yilning 12-14 mart va 19 mart kunlari «Navro’z» umumxalq bayramiga bag’ishlab Navoiy shahar «yoshlar» sport majmuasida Navoiy viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi, Sport o’yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi hamda O’zbekiston Regbi federasiyasining Navoiy viloyati hududiy bo’limi hamkorligida regbi-7 bo’yicha viloyat chempionati musobaqalari o’tkazildi.

Mazkur musobaqalar (U-14) 2008 va undan kichik yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida, (U -20) 2002 va undan kichik yillarda tug’ilgan o’smirlar va qizlar o’rtasida hamda erkaklar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Musobaqalarda jami 14 ta jamoa qatnashdi, shundan 10 tasi o’smirlar, erkalar va 4 tasi qizlar jamoasi hamda 150 yaqin o’smirlar va qizlar ishtirok etishdi.

Musobaqalarning yakunlari bo’yicha g’olib va sovrindorlar taqdirlanib, regbi sport turi bo’yicha olib borayotgan murabbiylarga regbi to’plari tarqatildi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova