O’zbekiston regbi federatsiyasi murabbiysi va regbi bo’limi o’yin sport turlari bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi o’qituvchisi, Izmailov Artem Ayderovich bilan intervyu

O’zbekiston regbi federatsiyasi murabbiysi va regbi bo’limi o’yin sport turlari bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi o’qituvchisi, Izmailov Artem Ayderovich bilan intervyu

O’zingiz haqizda bir oz aytib bering.

Toshkent viloyatida Yangiyo’l shahrida tug’ilganman

Toshkent shahridagi 145-sonli maktabni tamomlagach, xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejiga oshpaz-qandolatchi mutaxassisligi bo’yicha o’qishga kirdim.

Regbidan oldin qaysi sport turi bilan shug’ullangansiz?

Regbidan oldin professional tarzda pauerlifting bilan shug’ullanganman.

Regbiga qanday kirgansiz?

Pauerlifting mashg’ulotlari paytida men vaqti-vaqti bilan regbi mashg’ulotlariga borardim, shuning uchun do’stlarim va tanishlarim regbi bilan professional tarzda shug’ullanishardi. Va shunday boldiki bolib otadigon o’yinlarda sportchilar yo’qligi sababli ular mendan ularga yordam berishni va sportchi sifatida o’yinlarda ishtiroq etishimni sorashdi. Shunday qilib, men regbiga keldim va shu kungacha unda qolagman.

Necha yoshda edingiz?

O’sha paytda men 15 yoshda edim

Regbida sizga ko’proq nima yoqadi?

Menga birinchi navbatda, bu o’yinda jamoaviy ruh, o’yinda ahillik va natijada sovrinlar borligi yoqdi.

Birinchi murabbiyingiz kim edi?

Mening murabbiyim Taras Aleksandrovich edi.

Sizning oilangizda sizdan tashqari kimdur regbi bilan shug’ullanadimi?

Misol uchun, bir muncha vaqt regbi bilan shug’ullangan aka-ukalarim bor va bu sport bilan endi tanishishni boshlavotgan yosh avlod jiyanlarim bor.

O’zingiz ham qancha vaqtdan beri murabbiysiz?

2015 yildan boshlab murabbiylik faoliyatini boshladim

2015 yildan boshlab murabbiylik faoliyatini boshladim

Ham yigitlar ham qizlar.

Ularning yoshi qanday?

12 yosh va undan katta

Sportchilarni turnir va chempionatlarga tayyorlashda qanday mashg’ulot usullaridan foydalanasiz?

Birinchidan, bu og’zaki, vizual usullar va ikkinchidan, amaliy, o’yin.

Ishda qanday qiyinchiliklar paydo bo’ladi?

Ba’zida sportchilarda hissiy qiyinchiliklar paydo bo’ladi – dushman qo’rquvi, jarohatlardan qo’rqish va boshqalar, ammo amaliy tomondan bu belgilangan rejimga rioya qilish, intensiv mashg’ulotlar va musobaqalarning ommaviy tabiati barch qiyinchilarni bartaraf etadi.

Regbi hayotda sizga qanday yordam beradi?

Har qanday sport kabi, regbi kundalik hayotda doimo fiziolagig va ruhan yaxshi holatda bo’lishga yordam beradi

Qanday qilib hakam bo’lishga qaror qildingiz? Bu ish sizni qanday jalb qildi?

Har qanday malakali murabbiy hakamlar amaliyotidan o’tishi kerak.

Qanchadan beri hakamlik qilasiz?

2018 yildan beri

Hakam bo’lganingizda o’yin haqidagi tasavvuringiz qandaydir o’zgarganmi?

Umuman olganda, o’yinni idrok etish o’zgarishsiz qoldi, qo’shilgan yagona narsa o’yinning texnik nuanslarini batafsilroq ko’rib chiqish edi.

Sizningcha, kim yaxshi hakam, u qanday bo’lishi kerak?

Qoidalarni yaxshi bilish, xolis, jismonan sog‘lom va adolatli bo‘lish.

Qanday qilib regbi hakami yoki arbitir bo’lish mumkun, qaerdan boshlash kerak?

bu sport turiga mehr qo’ygan va o’z ishiga chin yurakdan fidokorona mehnat qilgan har bir sportchi kelajakda yaxshi hakam yoki arbitir bo’lishi mumkin!

Kelajak uchun qanday rejalaringiz bor?

Yosh avlodini munosib sportchilar kilib tayyorlash.

Intervyu uchun katta rahmat.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova