Joriy yilning 28-30 mart kunlari O’zbekiston regbi federasiyasining Xorazm viloyati bo’limi tomonidan hakamlar, murabbiylar va sportchilar uchun regbi bo’yicha o’quv seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar nazariy va amaliy mashg’ulotlardan iborat bo’lib, ishtirokchilarga regbi sport turi bo’yicha musobaqalarni tashkil etish va musobaqalarda hakamlik qilish amaliyoti yo’nalishida zaruruiy bilimlar berildi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova