Olimpiya o’yinlari qayta dunyoga kelganiga 126 yil bo’ldi

Olimpiya o’yinlari qayta dunyoga kelganiga 126 yil bo’ldi

Bugun tarixiy sana. 1896 yil 6 aprel kuni zamonaviy Olimpiya o’yinlari start olgan. Bundan 126 yil avval Gresiya poytaxti Afina shahrida birinchi Olimpiya o’yinlari boshlangan edi.

Aynan mana shu tarixiy voqea sabab ushbu sana taraqqiyot va tinchlik yo’lida xalqaro sport kuni deb e’tirof etilgan. Zamonaviy Olimpiya o’yinlari asoschisi baron Per de Kubertenning sportga bergan ta’riflari orasida ham «o sport, sen tinchliksan» degan jumlasi hali hamon o’z tasdig’ini topib kelmoqda. Haqiqatda sport butun dunyoga tinchlik nafasini beruvchi kuchdir. Hatto Yunonistonda qadimgi Olimpiya o’yinlari vaqtida urushlar to’xtatilgani haqidagi ma’lumotlarni ham uchratganmiz.

2013 yilning 23 avgust kuni Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida bir ovozdan 6 aprel sanasini taraqqiyot va tinchlik yo’lida xalqaro Sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace) sifatida nishonlash to’g’risidagi qaror qabul qilingan.

Ushbu sana garchi ko’pchilikka ma’lum bo’lmasa-da, sport hamjamiyati uchun katta ahamiyatga ega. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston regbi federatsiyasi yurtimizda sportni yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish va Olimpizmning pok va ezgu g’oyalarini targ’ib qilish yo’lida mashaqqatli faoliyat olib borayotgan sohaning barcha jonkuyarlarini bugungi bayram bilan tabriklab qoladi.

Manba: olympic.uz

Het is verkrijgbaar in merk- en generieke vorm. U kunt het online en in apotheken kopen Bimatoprost.