Erkaklar jamoalari o’rtasida regbi-15 turniri boshlandi

Erkaklar jamoalari o’rtasida regbi-15 turniri boshlandi

Joriy yilning 11 aprel kuni regbi-15 jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.

Guruh va yarim final o’yinlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti stadionida bo’lib o’tadi.

Birinchi kungi guruh o‘yinlari natijalari:

  1. Mudofaa vazirligi UR MV 1 – 30 – 0 Namangan viloyati jamoasi.
  2. Mudofaa vazirligi UR MV 2 – 70 – 5 Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Guruh o’yinlari har kuni bo’lib o’tadi.

12 aprel kuni quyidagi jamoalar o‘ynaydi:

  1. Ichki ishlar vazirligi – Namangan viloyati jamoasi.
  2. Milliy gvardiya – Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13 aprel kuni quyidagi jamoalar maydonga tushadi:

  1. Mudofaa vazirligi UR MV 1 – Ichki ishlar vazirligi
  2. Mudofaa vazirligi UR MV 2 – Milliy gvardiya

Yarim final o’yinlari 15 aprel kuni, 5-6 o’rinlar uchun o’yinlar 16 aprel kuni va final o’yinlari 17 aprel kuni bo’lib o’tadi.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova