Regbi 15 bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi

Regbi 15 bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi

11-17 aprel kunlari erkaklar jamoalari o‘rtasida regbi-15 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Namangan viloyati terma jamoasi jamoalari ishtirok etishdi.

Final o‘yinlari Mudofaa vazirligi sport majmuasi stadionida bo‘lib o‘tdi.

Final o’yinlarining ochilish marosimida faxriy qorovul harbiylari saf tortdi hamda desantchilar tomonidan qo‘l jangi mahorati namoyish etildi. Mudofaa vazirligining harbiy orkestrlari bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

O’zbekiston Respublikasi oliy Majlisi raisining birinchi o’rinbosari-O’zbekiston regbi federatsiyasi raisi Safoyev Sodiq Solihovich, Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Elchisi, Janob Kim Xi-Sang, Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi harbiy attashesi Janob Pak An, Sport turlari bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori – Akramov Jasur Anvarovich, O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o’rinbosari Narbaev Alisher Tuxtayevich,  O’zbekiston milliy gvardiyasi qo’mondoni Djurayev Rustam Mirzayevich va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Regbi-15 bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘rinlari quyidagicha taqsimlandi:

1-o’rinUR MV 1
2-o‘rin Milliy gvardiya
3-o’rinUR MV 2

G‘olib va ​​sovrindorlar turnir tashkilotchilari tomonidan kubok, medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova