Regbi-7 bo’yicha yoshlar o’rtasida U-20 chempionati boshlandi

Regbi-7 bo’yicha yoshlar o’rtasida U-20 chempionati boshlandi

Joriy yilning 19-22 aprel kunlari regbi-7 bo‘yicha yigit va qiz o‘rtasida U-20 O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

O’yinlar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti stadionida bo’lib o’tadi.

Chempionatda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Farg‘ona, Farg‘ona-2, Navoiy, Namangan, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent shaharlari jamoalari ishtirok etmoqda.

Umumiy ishtirokda 8 ta yigitlar va 7 ta qizlar jamoasi ishtirok etmoqda.

Bizni kuzatib boring va biz sizga o’yinlar natijalari haqida xabar beramiz.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova