U-20 yoshlar o’rtasidagi regbi-7 chempionati yakunlandi

U-20 yoshlar o’rtasidagi regbi-7 chempionati yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 19-21 aprel kunlari regbi bo’yicha yigit va qiz o‘rtasida o’rtasida O’zbekiston U-20 chempionati bo’lib o’tdi.

Chempionatda O’zMU, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Farg’ona, Farg’ona-2, Navoiy, Namangan, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent jamoalari ishtirok etdi.

20 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasidagi regbi-7 chempionatida o’rinlar quyidagicha taqsimlanadi:

Yigitlar orasida:

1-o‘rin – O‘zMU “Universitet” jamoasi

2-o‘rin – Xorazm

3-o‘rin – Toshkent

Qizlar orasida:

1-o‘rin – Xorazm

2-o‘rin – Namangan

3-o‘rin – O‘zMU “Universitet” jamoasi

G‘olib va ​​sovrindorlarga medal va diplomlar topshirildi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova