Jaxon chempionati oldidan regbichilar bilan uchrashuv

Jaxon chempionati oldidan regbichilar bilan uchrashuv

Joriy yilning 13 iyun kuni O’zbekiston regbi federasiyasining majlislar zalida sportning regbi-7 turi bo’yicha Ajen shaxri (Frantsiya)da harbiylar o’rtasida bo’lib o’tadigan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvni O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi boshlig’i Mansur Mamadaminov, Sport o’yinlari bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, O’zbekiston regbi federasiyasi bosh kotibi Qahramon Djalilovlar olib bordilar.

Yig’ilish davomida sportchi va trenerlarga tegishli ko’rsatmalar hamda tavsiyalar berib o’tildi.

Eslatib o’tamiz: 2022-yilning 14-20-iyun kunlari Frantsiyaning Ajendagi Lot-Et-Garonne departamentida harbiy xizmatchilar o’rtasida regbi-7 bo’yicha birinchi harbiy Jaxon chempionati bo’lib o’tadi.

Sportchilarimizga omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishni davom eting va chempionat natijalarini birinchi bo’lib bilib oling.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova