O‘zbekiston regbi federatsiyasi mutaxassislari regbi-15 bo‘yicha Osiyo chempionatining 3-divizionida ishtirok etadi

O‘zbekiston regbi federatsiyasi mutaxassislari regbi-15 bo‘yicha Osiyo chempionatining 3-divizionida ishtirok etadi

Regbi-15 bo‘yicha Osiyo chempionatining 3-divizioni o‘yinlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu chempionatda quyidagi mamlakatlar jamoalari ishtirok etadi: O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston.

Yarim finalda Mo‘g‘uliston O‘zbekiston, Qirg‘iziston esa Qozog‘iston bilan o‘ynaydi.

Hakamlar brigadasiga “yordamchi hakam” sifatida o‘zbekistonlik hakam Yuliya Ignatenko taklif etildi.

Shuningdek, turnirning tibbiy jamoasi tarkibiga tibbiy director sifatida Mansur Uteshev, oliy toifali travmatolog-ortoped, sport tibbiyoti shifokori va Osiyo Rugby Edukeytori tayinlandi.  

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova