Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi birinchi yarim finalda Mo‘g‘uliston terma jamoasini mag‘lub etdi

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi birinchi yarim finalda Mo‘g‘uliston terma jamoasini mag‘lub etdi

Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston poytaxtida regbi-15 bo‘yicha Osiyo chempionati 3-divizioni o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘yinlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi yarim finalda Mo‘g‘uliston terma jamoasini 17:10 hisobida mag‘lub etib, III divizion Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi.

Final o‘yini 6 iyul kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzatib boring va biz o’yinlar natijalari haqida xabar beramiz.

Regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova