Qurbon hayiti muborak

Qurbon hayiti muborak

O‘zbekiston Regbi federatsiyasi barcha musulmonlarni muqaddas Qurbon Hayit bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi va barchaga o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini izhor etadi.

Ushbu muqaddas bayram mamlakatimizda keng nishonlanadi. Ushbu bayram O‘zbekiston xalqiga xos insonparvarlik va mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning ifodasidir.

Federatsiya nomidan barchaga yorqin lahzalar, ijobiy his-tuyg’ular, sihat-salomatlik va yaxshi kayfiyat tilaymiz.

Xonadoningizda doimo tinchlik-osoyishtalik va baxt hukmronlik qilsin.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova