Qozog‘istonda regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘lib o‘tadi

Qozog‘istonda regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘lib o‘tadi

Milliy Olimpiya qo’mitasining buyrug’iga ko’ra, 2024-yil Parijda (Fransiya) bo’lib o’tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o’yinlariga tayyorgarlik ko’rish doirasida Qozog’iston Respublikasining Taldiqo’rg’on shahrida 2022-yil 19-28-iyul kunlari regbi-7 bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoalari erkaklar va ayollar terma jamoalarining o’quv-mashg’ulot yig’inlari bo’lib o’tadi.

O’quv-mashg’ulot yig’inlari sportchilarning musobaqalarda ishtirok etish uchun jismoniy, funktsional va texnik tayyorgarligini yaxshilashga, shuningdek sportchilarni xalqaro o’yinlarga sifatli tayyorlashga qaratilgan. O’quv-mashg’ulot yig’inlari doirasida O’zbekiston terma jamoalari va Qozog’iston jamoalari o’rtasida o’yin tajribasini oshirishga yordam beradigan o’quv o’yinlari ham o’tkaziladi

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova