O‘zbekiston Regbi federatsiyasi sizlarni Respublikamiz Mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklaydi! Sizga sihat-salomatlik, yangi g’oyalar, ishlaringizda muvaffaqiyat, oilalaringizga tinchlik, totuvlik va farovonlik tilaymiz! Har bir kuningiz quvonch va yangi yutuqlarga to’lsin, xayrli ishlaringiz Vatanimiz shon-shuhratini yanada oshirsin!
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova