Avvalroq xabar berganimizdek, 9-10 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti stadionida erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Kubogi bo’lib o’tdi.
O’yinlar natijalariga ko’ra joylar quyidagicha taqsimlandi:
Erkaklar orasida:
1 o’rin — Toshkent viloyati
2 o’rin — Xorazm viloyati
3 o’rin — Navoiy viloyati
4 o’rin — Toshkent shahri
5 o’rin — Farg’ona viloyati
6 o’rin — Namangan viloyati
7 o’rin — Andijon viloyati
Qizlar orasida:
1 o’rin — Qoraqalpog’iston Respublikasi
2 o’rin — Namangan viloyati
3 o’rin — Xorazm viloyati
4 o’rin — Navoiy viloyati
5 o’rin — Andijon viloyati
6 o’rin — Farg’ona viloyati
Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlariga ko‘ra, erkaklar terma jamoasi sportchisi Ilya Sokolov va ayollar terma jamoasi sportchisi Aynura Abziyeva «turnirning eng yaxshi o’yinchisi»nominatsiyasiga sazovor bo’lishdi. Ularga turnir tashkilotchilaridan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Mazkur musobaqa g’oliblari va sovrindorlarining esdalik sovg’alari va diplomlarini taqdirlash marosimida Chirchiq shahar hokimi – Davron Hidoyatov, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Jamshid Babajonov, Toshkent viloyati regbi federatsiyasi raisi – Murodjon Nosirov, Toshkent viloyati regbi federatsiyasi kotibi – O‘tkirbek Rashidov, ommaviy axborot vositalari va federatsiya vakillari ishtirok etdilar.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova