JIDU qoshidagi akademik litseyda GIR festivali bo’lib o’tdi

JIDU qoshidagi akademik litseyda GIR festivali bo’lib o’tdi

Joriy yilning 21 sentyabr kuni JIDU akademik liseyida O’zbekiston regbi federasiyasi bilan hamkorlikda GIR (Get into Rugby) sportning regbi turi bo’yicha tadbir o’tkazildi.

Mazkur sport tadbiri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4500-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, mamlakatimizda regbini ommalashtirish, lisey o’quvchi-yoshlarini sport klublari va to’garaklarga faol jalb qilish, ularga regbi bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratish, iqtidorli yoshlarni ushbu sport turi bo’yicha milliy terma jamoalariga yo’naltirishga xizmat qiladi.

Sport tadbiri doirasida lisey o’quvchilariga regbi sport turi haqida tushuncha berilib, o’yin qoidalari hamda mashqlarni bajarish bo’yicha yoshlar milliy terma jamoasi bosh treneri Ye.Lebed, trener V.Pavlenko hamda xorijiy volontyor-mutaxassis M.Rio tomonidan mahorat-saboqlari o’tkazildi.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova