O‘zbekiston regbi federatsiyasi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklaydi va yosh avlod tarbiyasiga hissa qo’shayotganiz uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Ushbu muhim kunda O‘zbekiston Regbi federatsiyasi O‘zbekistonning barcha o‘qituvchilarini kasb bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi!
Siz, aziz ustozlar va murabbiylar, har kuni o‘nlab o‘quvchilarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganingiz uchun chin qalbimizdan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, Sizlarga mustahkam sog‘lik, sabru kanoat, kasbiy muvaffaqiyatlar, baxt-saodat, yosh avlod tarbiyasidagi samarali faoliyatlar tilaymiz.
Har bir kuningiz sevimli shogirdlaringizning tabassumlari bilan yoritilib tursin.
Ustoz va murabbiylar kuni bilan!
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova