Joriy yilning 7 oktyabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitining taekvondo va sport faoliyati fakultetida O’zbekiston regbi federasiyasi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassis R.Moria ishtirokida seminar o’tkazildi.
Mazkur seminar tadbirini universitetning «Taekvondo va sport faoliyati» fakulteti dekani o’rinbosari dotsent U.Karimov ochib berib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4500-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, mamlakatimizda regbini ommalashtirish, universitet talaba-sportchilarini sport klublari va to’garaklarga faol jalb qilish, ularga regbi bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratish, iqtidorli talaba-yoshlarni ushbu sport turi bo’yicha milliy terma jamoalariga yo’naltirishga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi.
Seminar doirasida fakultetning «Sport faoliyati – Regbi» yo’nalishi talabalariga regbining Yaponiya davlatida rivojlanishi bo’yicha ma’lumotlar berilib, ushbu sport turi bo’yicha xalqaro musobaqalar tahlili o’tkazildi.
Seminarda O’zbekiston regbi federatsiyasi ijrochi direktori B. Ibragimov, regbi bo’yicha milliy yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ye. Lebed, O’zbekiston regbi federatsiyasining xorijiy mutaxassisi R. Moria, O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova ishtirok etdi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova