Janubiy Koreyaning regbi jamoasi O‘zbekistonga yetib keldi

Janubiy Koreyaning regbi jamoasi O‘zbekistonga yetib keldi

Janubiy Koreyaning regbi jamoasi O‘zbekistonga yetib keldi

Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreyaning regbi-xarbiylari bo‘yicha jamoasini Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston regbi federatsiyasi vakillari kutib oldi. Jamoaning tashrifi 2022 yilning 17-26 oktyabr kunlari orasida davom etadi.

Tashrif doirasida Koreya terma jamoasi regbi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirliklari va Milliy gvardiya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Uchrashuvlar 19, 22 va 25 oktyabr kunlari Toshkent davlat transport universiteti (sobiq Transport instituti) stadionida bo’lib o’tadi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi.