Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi qarorgohida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi qarorgohida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi qarorgohida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan 2022-yil 19-oktabr kuni Koreya Respublikasi elchisi qarorgohida regbi terma jamoasi vakillari, Koreyalik harbiy sportchilar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi azosi va O‘zbekiston Regbi federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi janob Kim Hee Sang bilan uchrashuvda Koreya tomonidan Koreya qurolli kuchlari sport korpusini (KAFAC) o‘quv nazorati direktori Lee Sang Hoon ishtirok etdi., KAFAC komandiri Kim Dong Youl, jamoa bosh murabbiyi Seo Chun Oh, O‘zbekiston tomonidan Mudofaa vazirligi sport klubi rahbari Mansur Mamadaminov, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi bosh kotibi, Qahramon Djalilov.

Mehmonlarni qutlar ekan, janob elchi O‘zbekiston va Koreya sport federatsiyalari o‘rtasida sportning turli turlari bo‘yicha aloqalar yuqori darajada rivojlanib borayotgani, murabbiylar o‘rtasida muntazam tajriba almashish, musobaqalarda ishtirok etish uchun o‘zaro sayohatlar tashkil etilayotganini ta’kidladi. Koreyalik harbiy sportchilardan iborat regbi terma jamoasining ushbu tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yana bir tasdig‘idir. Ayniqsa, janob elchi Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Kelishuvlardan biri regbi bo‘yicha O‘zbekiston harbiy sportchilardan iborat terma jamoasining 2023-yil yozida bo‘lib o‘tadigan javob tashrifi bo‘ldi. Bundan tashqari, har ikki tomon regbi bo’yicha yoshlar va talabalar jamoalarining o’zaro tashrifi hamda qo’shma yig’inlar tashkil etish masalalarini ishlab chiqadi.