Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Koreyaga yetib keldi

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Koreyaga yetib keldi

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Koreyaga yetib keldi

Bugun, 16-noyabr kuni erta tongda regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 nafar sportchi, murabbiy va hamshira Koreya Respublikasining Seul shahriga yetib keldi. Koreya regbi ittifoqi vitse-prezidenti Jay Sab Choy regbi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini 16-23 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ODA (Rivojlanishga rasmiy yordam) dasturida ishtirok etishga taklif qildi. Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Koreya olimpiya qo‘mitasining Milliy o‘quv markazida qolib, Koreya terma jamoasi bilan qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazadi.