“O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” tashabbusi bilan O‘zbekiston regbi federatsiyasi tomonidan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 20 yoshgacha o‘smir qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha Respublika turnirini o‘tkazish rejalashtirildi.
Mazkur Respublika turniri uch yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilmoqda. Bu yildagi o‘yinlar ham Toshkent shahar sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining maydonida o‘tkaziladi.
Musobaqalar 4-5 mart kuni o‘tkazilishi belgilandi. Ushbu musobaqalarda viloyat jamoalari ishtirok etadi.
Ushbu turnirni o‘tkazishdan maqsad regbi sport turini axoli, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va rivojlantirish, o‘smir qizlar jamoalari o‘yinchilarining mahoratini oshirish. Shu jumladan, ushbu musobaqa iqtidorli o‘smir qizlarni milliy terma jamoaga saralash imkoniyatini beradi.
Barcha regbi muxlislarini mazkur turnirda ishtirok etishiga taklif etamiz.