Jizzaxda U14 musobaqasiga tayyorgarlik olib borilmoqda

Jizzaxda U14 musobaqasiga tayyorgarlik olib borilmoqda

Jizzax viloyati regbi bo‘yicha o‘smirlar jamoasi U14 bo‘yicha musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida regbi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘smirlar o‘yin davomida koptokni ushlash va uni sherigiga uzatish, jamoada o‘ynash bo‘yicha mahoratlarini oshirmoqdalar. O‘smirlarning o‘yin mahoratlari maxsus mashqlari orqali takomillashtirilmoqda. Mashg‘ulotlar trener Murodov Islom rahbarligida olib borilmoqda.

Viloyat jamoasi regbi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida U14 O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishi rejalashtirilgan.