O‘zbekistonlik referi Arab 7’s da hakamlik qiladi

O‘zbekistonlik referi Arab 7’s da hakamlik qiladi

Regbi bo‘yicha O‘zbekistonlik referi Arab Rugby 7’s Xalqaro turnirda hakamlik qiladi

O‘zbekistonlik referi Yuliya Ignatenko BAAda bo‘lib o‘tadigan Arab Rugby 7’s Xalqaro turnirida regbi bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarida hakamlik qilish uchun taklif etildi. Bundan tashqari mazkur Xalqaro turnirda hakamlik qilish uchun BAA va Malayziyalik hakamlar taklif qilingan

Arab Rugby 7’s Xalqaro turniri 2023 yil 18-19 fevral’ kunlari Al’-Ayn shahrida (BAA) o‘tkaziladi. Mazkur turnirda Jazoir, Iordaniya, Liviya, BAA, Falastin, Tunis, Saudiya Arabistoni va Siriya davlatlarining jamoalari ishtirok etadi. Xalqaro turnir Osiyo regbi federatsiyasi va Arab regbi federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Yuliya Ignatenko – Xalqaro toifadagi sport ustasi. 2016-2021 yillarda regbi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi sardori. 2016 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarida hakamlik faoliyatini boshlagan, shu bilan birga Asia Rugby, World Rugby va O‘zbekiston regbi federatsiyasi tomonidan tashkil etisha oflayn va onlayn hakamlik kurslarida ishtirok etgan. 2021 yildan boshlab Osiyo regbi federatsiyasi rahbarligida o‘tkazilayotgan rasmiy o‘yinlarda referi va referi yordamchisi sifatida qatnashmoqda. 2022 yil sentyabrda Osiyo regbi federatsiyasinng hakamlar hay’atiga yosh iqtidorli hakamlar guruhiga qabul qilindi.

Yuliya uchun referi sifatida bu to‘rtinchi turnir. Mazkur musobaqagacha u Toshkent shahrida o‘tkazilgan Azii Asia Rugby U18, regbi 15 bo‘yicha Bishkek shahrida o‘tkazilgan uchinchi divizion Osiyo chempionati (2022 y.) va Angren shahrida o‘tkazilgan erkaklar va ayollar U20 o‘rtasida Osiyo chempionatida (2022 y.) hakamlik qilgan.