GIR dasturi Angrenda

GIR dasturi Angrenda

Angren shahrining markaziy bog‘ida Get Into Rugby mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Joriy yilning 11 mart kuni Angren shahri markaziy bog‘ining o‘yinggohida regbini ommalashtirish maqsadida Get Into Rugby dasturi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirga Angren shahar sport maktabining regbi bo‘limi sportchilari va yoshlari jalb qilindi.

Mahorat-saboqlari davomida yoshlarga regbi koptogini ushlash va sherigiga o‘tkazish, himoya va xujum harakatlari ko‘rsatildi. Nazariy mashg‘ulotlardan so‘ng yoshlar bilan amaliy mashg‘ulotlar bajarildi. Mahorat-saboqlari yakunida yosh sportchilar bilan regbi o‘yini elementlariddan iborat esttafeta o‘tkazildi.

Ushbu tadbirni Toshkent shahridan trener Yegor Lebed’, Toshkent viloyati bosh treneri Artyom Izmaylov, Angren shahar sport maktabi trenerlari Abdurasul Jumagulov va Al’bina Zalyamitdinova hamda “Yangiobod” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etayotgan Qozog‘iston Respublikasining “Olimp” regbi klubi trenerlari Artyom Grigor’ev va Vitaliy Abryukin.