«Get into Rugby» dasturi Toshkent shahar ta’lim muassasalarida
O‘zbekiston regbi federatsiyasining rejasi asosida joriy yilning fevral’ oyida ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari uchun regbi bo‘yicha «GIR» («Get into Rugby») dasturi asosida mahorat-saboqlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar Toshkent shahar 4-sonli maktab-internat va 42-sonli umumta’lim maktablarida o‘tkazildi. Mahorat-saboqlarida 8 va 9 sinf o‘quchilari ishtirok etdi. Mazkur mahorat-saboqlarining maqsadi – bu regbini ommalashtirish, ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan o‘quvchi va yoshlarni, shuningdek, voyaga yetmaganlarni regbi bilan shug‘ullanishga jalb qilish.
Mahora-saboqlarini JICA trener-volontyori Rio Moriya, GIR koordinatori Lebed’ Yegor, “Bars” yoshlar jamoasi treneri Radchenko Aleksandrlar o‘tkazdi.
Mazkur tadbirlarga ta’lim muassasalari va mahallalardan 100 nafardan ortiq yoshlar jalb qilinib, shulardan 40 nafaridan ortiq qizlar tashkil etdi.