Xalqaro regbi kuni Navoiyda

Xalqaro regbi kuni Navoiyda

Joriy yilning 4 aprel’ kuni “Xalqaro regbi kuni”ga bag‘ishlab Navoiy shahrining 7-son umumta’lim maktabida regbi bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi Raxmonov Xasanali Ravshan o‘g‘li hamda viloyat terma jamoa a’zolari ishtirokida “GIR” dasturi bo‘yicha mahorat-saboqlari o‘tkazildi. Mahorat-saboqlarida maktabning o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etdi. Mazkur tadbir o‘quvchi-yoshlarni regbi sport turiga jalb etish va regbi sport turini yanada ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.