Get into rugby dasturi JIDU Akademik litseyida

Get into rugby dasturi JIDU Akademik litseyida

JIDU qoshidagi Akademik litseyida regbi bo’yicha mahorat darslari o’tkazildi

2023-yilning 19-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Akademik litseyida regbini ommalashtirish maqsadida Get Into Rugby dasturi bo’yicha sport tadbir o’tkazildi.

 Mazkur tadbirda Finlandiyaning Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabining o’quvchilari va yoshlari ishtirok etdi. Mahorat saboqlari davomida yoshlarga regbi to’g’risida ma’lumot berildi, regbi o’yini elementlaridan iborat bo’lgan harakatlar ko’rsatildi va turli xil mashqlar bajarildi.

 Ushbu tadbirni yoshlar terma jamoasi treneri Yegor Lebed va federatsiyasining xorijiy trener-maslahatchisi Xuman Andrea olib bordi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan