Erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining uchinchi o‘yin kuni
28-aprel kuni Markaziy harbiy sport klubi stadionida O‘zbekiston chempionatining navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘yinni MHSK va Ichki ishlar vazirligi jamoalari boshlab berishdi. MHSK jamoasi birinchi bo‘limning 2-daqiqasidayoq hisobni urinish bilan ochib berdi. Tanaffusgacha raqib jamoaga umuman imkon bermadi va shiddatli ravishda o’yinni davom ettirdi. Kiyinish xonasiga jamoalar 35-0 hisobida MHSK jamoasi foydasiga hal qilib ketishdi. Tanaffusdan so‘ng ham MHSK jamoasining qo’li baland keldi. Ammo o’yinning 11-daqiqasida Ichki ishlar vazirligi jamoasi urinish bilan 5 ochkoga ega bo’ldi. Shundan so‘ng MHSK jamoasi raqib jamoa uchun umuman darvozasini ochiq qoldirmadi. Shu orqali o’z muvaffaqiyatini mustahkamladi. Umumiy hisob 57-5 MHSK foydasiga.
Ikkinchi o‘yin ShHO va Xorazm jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Hisobni Xorazm jamoasi regbichilari birinchi bo‘limning 2-daqiqasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, ochdi. 21-daqiqada ShHO jamoasi urinish bilan 5 ochkoga ega bo’ldi. Birinchi bo’lim hisobi 10-7 Xorazm jamoasi foydasiga. Ikkinchi bo’limda ShHO jamoasi o’yinni shiddatli ravishda olib bordi va ko’plab ochkolarga egalik qildi. O’yinning 22-daqiqasida Xorazm jamoasi urinish bilan 5 ochkoni qo’lga kiritdi. Uchrashuv hisobi 33-15 ShHO jamoasi foydasiga yakunlandi.
Regbi-15 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi o‘yinlari 30-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida bo‘lib o‘tadi. Xorazm jamoasi MHSK bilan, Ichki ishlar vazirligi jamoasi esa Milliy gvardiya jamoasi bilan bahs olib boradi.